Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida siyosatshunoslik yoʻnalishi boʻyicha 2019/2020 oʻquv yili uchun qabul kvotalari belgilandi
Siyosiy fanlar sohasida kadrlarni tayyorlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Qaror bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida siyosatshunoslik yoʻnalishi boʻyicha 2019/2020 oʻquv yili uchun qabul kvotalari quyidagicha belgilandi:
• “Siyosatshunoslik” bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha 20 ta (5 ta grant);
• “Amaliy siyosatshunoslik” magistratura yoʻnalishi boʻyicha 10 ta (2 ta grant);
• “Siyosiy fanlar” tayanch doktorantura yoʻnalishi uchun 4 ta, doktoranturada 2 ta.
Qarorga muvofiq, universitetda “Siyosatshunoslik” kafedrasi tuzildi.
Kafedra faoliyatining asosiy yoʻnalishi siyosatshunoslik fanlari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi.