Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, 5 fevraldan butun Respublika boʻylab havo harorati pasayishi kutilmoqda, ayrim joylarda havo harorati 17 darajagacha sovuq boʻlishi mumkin.
QORAQALPOGʻISTON RЕSPUBLIKASI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4 fevralda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 4 fevralda 0-5 daraja iliq boʻladi, 5-6 fevralda kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi. 7 fevralda kechasi 7-12, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi
XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 fevralda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi, 5-6 fevralda kechasi 9-14daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq boʻladi. 7 fevral kuni kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 4 fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 5 fevralda baʼzi joylarda qor yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 fevralda kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi, 5-6 fevralda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 3-4 fevralda 2-7daraja sovuq boʻladi, 5-6 fevralda 12-17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi.7 fevralda kechasi 7-12, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda.
TOSHKЕNT, SAMARQAND, JIZZAX VA SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 4 fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 5 fevralda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 6-7 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 fevralda kechasi 0-5 kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi, 5-6 fevralda kechasi 7-12daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2-7 daraja sovuq, 7 fevralda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq atrofidagi harorat kuzatiladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 4 fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 5 fevralda baʼzi joylarda qor yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 fevralda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi, 5-6 fevralda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq va 3 daraja iliq atrofida, 7 fevralda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 4 va 7 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 5 fevralda kechki tomon baʼzi joylarda yomgʻir -qor yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5-6 fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 fevralda kechasi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq atrofida, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi, 5-7 fevralda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq atrofida boʻlgan harorat kuzatiladi.
RЕSPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, 4-6 fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi. 7 fevralda yogʻingarchilik ehtimoli yoʻq. Tuman tushishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi, 5-7 fevralda kechasi 13-18 daraja sovuq, kunduzi 10-15 sovuq boʻladi.
OʻzA