Kuchli izgʻirin 21 kishining hayotiga zomin boʻldi

AQSHning Oʻrta Gʻarbidagi muttasil qor yogʻishi, kuchli sovuq va izgʻirin 21 kishining hayotiga zomin boʻldi, deyiladi “The New York Times“ning mahalliy hukumat maʼlumotlariga tayanib bergan xabarida.
Unga koʻra, keyingi qurbonlar orasida koʻchada sovuqdan qotgan mahalliy universitet talabasi ham bor. Mintaqada minus 30 darajadan minus 50 darajagacha boʻlgan havo harorati qayd qilingan.
Maʼlum qilinishicha, anomal sovuq – Arktikadan kelayotgan sovuq oqim tufayli yuzaga kelmoqda.

 

OʻzA