Oʻzbekiston maxsus boʻlinma harbiylari birinchi marta AQSHdagi mashgʻulotlarda qatnashmoqda

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi maxsus boʻlinma harbiy xizmatchilari 11 yanvardan AQSHning Kemp-Shelbi harbiy bazasi (Missisipi shtati)da boʻlib oʻtayotgan “Janubiy zarba” hamkorlikdagi mashgʻulotlarda ishtirok etayapti. Ular bugungi kunga qadar ikkita hamkorlikdagi mashqlarni oʻtkazdi. 
Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi
photo_2019-01-26_15-14-36.jpg
Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Abdusalom Azizov boshchiligidagi harbiy delegatsiya mazkur mashgʻulotlarning uchinchi – asosiy fazasini kuzatish uchun AQSHga joʻnab ketdi.
“Janubiy zarba” – Missisipi shtati Milliy gvardiyasi tomonidan Galfport shahrida joylashgan jangovar tayyorgarlik va birlashgan kuchlarning Kemp-Shelbi oʻquv bazalarida oʻtkaziladigan yirik oʻquv-jangovar mashgʻuloti hisoblanadi. Oʻquv mashgʻuloti barcha qoʻshin turlari hamda qoʻriqlov boʻlinmalari, zaxira kuchlari va doimiy qoʻshinlar uchun amaliyotda jangovar shaylikni ushlab turish hamda AQSH va asosiy ittifoq qurolli kuchlari oʻrtasidagi hamkorlik masalalarini taʼminlash kabi maqsadlarni oʻz ichiga oladi.
Mazkur keng miqyosdagi mashgʻulotlarda Kanada, Chili va Niderlandiya harbiylari ham qatnashmoqda.
photo_2019-01-26_15-14-52.jpg
AQSHga rasmiy tashrif davomida Oʻzbekiston harbiy delegatsiyasi Tampa shahridagi (Florida shtati) CENTCOM bosh qarorgohiga ham tashrif buyurib, uning rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 12 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Amerika Qoʻshma Shtatlari CENTCOM qoʻmondoni general Jozef Votella hamda 18 sentyabr kuni Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni – shtat gubernatori oʻrinbosari, general-mayor Jenson D. Boylz boshchiligidagi harbiy delegatsiyalarni kutib olgan edi.
photo_2019-01-26_15-14-54.jpg
photo_2019-01-26_15-15-04.jpg
photo_2019-01-26_15-15-42.jpg

 

OʻzA