Janubiy Koreyada ishlovchi xorijliklar 30 foizga koʻpaydi

Janubiy Koreyada ishlovchi xorijliklar keyingi olti yilda 30 foizga koʻpaydi. “Yonhap” agentligi xabariga koʻra, muhojirlarning koʻpayishi bu yerda ular uchun berilayotgan ish haqining oshishi bilan bogʻliq. 
2012 yilda bu yerda ishlovchi xorijiy fuqarolar ikki ming dollargacha maosh olgan boʻlsa, 2018 yilga kelib, ularning aksariyati ikki ming dollardan koʻproq maosh oladi.
Maʼlumot uchun, Janubiy Koreya hayot darajasi yuksak va mehnat sharoitlari qulay boʻlgan davlatlar sirasiga kiradi.

 

OʻzA