Qulay fursatni boy bermang ishbilarmon investorlar!

2018 yilning 11 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5552-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida aniqlangan koʻchmas mulk obyektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda – 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narxda sotilishi belgilandi.
Shuningdek, boshqa koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha – qayta baholanmasdan, ularni oʻtkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga oʻtkaziladi va savdoga chiqariladi.
Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tugʻildi.
Unga koʻra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment tartibi belgilandi.
Eksperiment tartibi bilan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.
“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 5283 ta boʻsh yer uchastkalari, 1 trl. 774 mlrd. 647 mln. soʻm investitsiya kiritish, 27665 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 94 mlrd. 967 mln. 200 ming soʻm miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.
Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION“ elektron onlayn-auksion savdolarida 2739 ta boʻsh yer uchastkalari 778 mlrd. 32 mln. soʻm investitsiya kiritish, 10706 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 18 mlrd. 199 mln. 200 ming soʻmga sotildi. .
Hozirda “E-IJRO AUKSION“ elektron onlayn-auksion savdolarida 2544 ta boʻsh yer uchastkalari 88 mlrd. 674 mln. 800 ming soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.
Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kunda birgina, Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 25 taboʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 207 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 9 mlrd. 383 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Samarqand viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 179 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 850 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Fargʻona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 85 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 913 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 37 mlrd. 725 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 taboʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 121 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 14 mlrd. 565 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 17 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 256 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 22 mlrd. 70 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 17 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 134 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 450 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Buxoro viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 28 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 209 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 10 mlrd.290 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Andijon viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 26 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 396 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 5 mlrd. 591 mln. 596 ming soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 32 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 342 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 10 mlrd. 925 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi maʼlum boʻldi.
– Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 16 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 175 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 7 mlrd. 300 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi maʼlum boʻldi.
– Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 23 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 201 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 10 mlrd. 140 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 16 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 94 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 3 mlrd. 750 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 32 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 684 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 51 mlrd. 485 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION“ elektron onlayn-auksion savdolarida 306 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 3500 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 170 mlrd. 780 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan11 mlrd. 30 mln. 306 soʻm miqdorga sotildi.
Bugungi kunda “E-IJRO AUKSION“ elektron onlayn-auksion savdolarida jami 43 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 411 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 25 mlrd. 745 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolarida mavjud.
Jumladan:
– Fargʻona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 19 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 237 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 12 mlrd. 650 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 3 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 29 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 1 mlrd. 400 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Buxoro viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 4 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 32 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 2 mlrd. 800 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 2 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 8 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 150 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 3 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 26 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 2 mlrd. 350 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 1 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 5 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 250 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
– Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 9 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 65 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 5 mlrd. 795 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.
Auksiondagi ishtirokingiz yurt ravnaqi hamda biznesingiz taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshadi.

 

O’zA