Joriy yil sport musobaqalariga nihoyatda boy yil sanaladi. Odatdagi qitʼa va jahon chempionatlaridan tashqari 2019 yilda Tokio-2020 olimpiadasiga yoʻllanmalar yoki reyting ballari taqdim etiladigan koʻplab turnirlar ham tashkil etiladi.
Jumladan, shu yilning 25-27 yanvar kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida karate boʻyicha nufuzli Premyer-liga reyting turniri oʻtkaziladi. Mazkur musobaqada sayyoramizning 82ta davlatidan 750 nafardan ortiq sportchi gʻoliblik uchun kurash olib boradi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ushbu bahslarda ishtirok etadi.
Kecha mazkur turnirda qatnashuvchi karatechilarimiz Parijga yoʻl olishdi. Taʼkidlash joiz, Premyer-Liga reyting musobaqasida 2020 yilgi yozgi olimpiada oʻyinlari litsenziyasi uchun reyting ballari taqdim etiladi.
Parij tatamilarida quyidagi sportchilar vatanimiz sharafini himoya qilishadi:
Erkaklar:
– 60 kg: Sadriddin Saymatov,
– 67 kg: Iqboljon Uzoqov,
– 75 kg: Dostonbek Otabolayev.
Ayollar:
– 50 kg: Bahriniso Boboyeva,
– 61 kg: Barno Mirzayeva.
OʻzA