2018 yil Germaniyadan Oʻzbekistonga 18 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurgan

Mamlakatimizda 2019 yilning 15 yanvaridan Oʻzbekistonga tashrif buyuruvchi Germaniya fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz tartib joriy etiladi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining maʼlumotiga koʻra, 2016 yilda yurtimizga Germaniya Federativ Respublikasidan tashrif buyuruvchi sayyohlar soni 4 ming 889, 2017 yilda 7 ming 207, 2018 yilda 18 ming 094 nafarni tashkil etgan.
Shuningdek, ushbu qarorni ishlab chiqishda E-visa elektron dasturi orqali viza rasmiylashtirishda Germaniya fuqarolarining yetakchi ekani inobatga olingan.
Shu tariqa Germaniya Yevropa davlatlari orasida Fransiyadan keyin Oʻzbekistonga kirishning vizasiz tartibi joriy etilgan ikkinchi davlatga aylandi.

 

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA