Endilikda xorijda oʻqiydigan yoshlarga chet tillarini oʻqitadigan maxsus kurslar ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 4 yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining dasturlari boʻyicha kadrlarni oʻqitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida bir qator vazifalar belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi birgalikda 2019 yilning 1 martiga qadar Jamgʻarma stipendiyalarini olishga nomzodlarni, ayniqsa, respublika hududlarida xorijiy tillarga oʻqitishning maxsus dasturlarini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
2019 yilning 1 aprelidan boshlab Jamgʻarma stipendiyalarini olishga nomzodlarni xorijiy – ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarga oʻqitish maxsus dasturlari asosida maqsadli kurslar tashkil etiladi.

 

OʻzA