Yoshlar xorijda tekin oʻqishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 4 yanvarda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining dasturlari boʻyicha kadrlarni oʻqitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi dasturlariga muvofiq kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish uchun nomzodlar tanlov asosida saralab olinadi.
Shuningdek belgilandiki, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish uchun nomzodlarni tanlov asosida saralab olish vazirliklar va idoralarning maqsadli buyurtmalari asosida Jamgʻarma mablagʻlari (Jamgʻarma stipendiyalari) hisobidan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:
– taʼlim;
– fan va ilmiy tadqiqotlar;
– sogʻliqni saqlash;
– davlat boshqaruvi;
– iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari.

 

OʻzA