Raqamli iqtisodiyot rivoji mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi

Soʻnggi ikki yil davomida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilib, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish uchun elektron tijorat tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilyapti.
Davlatimiz rahbari tomonidan “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining qabul qilinishi raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va zamonaviy infratuzilmani qoʻllashda muhim dasturi amaldir.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish bilan bogʻliq loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun investorlarning mablagʻlarini jalb etish va birlashtirish asosiy vazifalaridan biri hisoblangan davlat muassasasi shaklidagi “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining “Universal Mobile Systems” masʼuliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi davlat ulushini 100 foiz miqdorda “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga begʻaraz asosda topshiriladi.
Shuningdek, Jamgʻarma tomonidan ushbu qarorga muvofiq olingan mol-mulk yuridik shaxslarning foyda soligʻi boʻyicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi va “Universal Mobile Systems” MCHJ ustav kapitalidagi ushbu qarorga muvofiq topshirilayotgan ulush yuridik shaxslarning foyda soligʻiga va qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortilmaydi.
2019-2021 yillarda “Universal Mobile Systems” MCHJni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqiladi.

 

Muhayyo Toshqorayeva, OʻzA