Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida tadbirkorlik bilan noqonuniy shugʻullanib kelgan fuqaroning qariyb 115 million soʻmlik mulki ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi maʼlumotiga koʻra, bu holat boshqarmaning soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan.
Xoʻjayli tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Sh.ning noqonuniy ravishda chet elda ishlab chiqarilgan har xil turdagi avtotransport shinalarini sotish bilan shugʻullanib kelganligi maʼlum boʻldi.
Nazorat tadbirida fuqaro D.Sh.ning jami qiymati 114 million 650 ming soʻmlik 12 turdagi shinalari daliliy ashyo sifatida qayd etildi.
Yesimxon Qanoatov, OʻzA