Inson huquqlari boʻyicha Forum davom etadi

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilayotgan Osiyo forumining ochilish marosimi yakunlandi.
Uning doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi hamda YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Kunning ikkinchi yarmida yalpi majlis sessiya yigʻilishlari tarzida davom etadi.
Maʼlumot oʻrnida, Forum yakuni boʻyicha Inson huquqlari boʻyicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Anjumanda bildiriladigan xalqaro ekspertlar fikr-mulohazalari asosida inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini ishlab chiqish koʻzda tutilgan.

 

Ulugʻbek Shonazarov, OʻzA