Toshkent shahar hokimligida Xitoyning “Shina Railway 14th Bureau Group So.LTd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda Toshkentda 2 yoʻnalish boʻyicha pullik avtomobil yoʻllari qurish masalasi koʻrib chiqildi.
Xususan, hokimlik tashabbusi bilan “Toshkent – Chimkent” (chegara postigacha) va “Toshkent – Chimyon” yoʻnalishlarida pullik avtomobil yoʻllari qurish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda qurilish sohasida Xitoy metodikasi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash masalalari ham koʻrib chiqildi. Uchrashuv yakunida Toshkent shahar hokimiyati xitoylik mutaxassislar yordamida quruvchilar tayyorlash uchun shahardagi toʻrtta professional kollej – bazaviy oʻqish maydoni sifatida tanlab olindi. Bu haqida hokimlik matbuot xizmati maʼlum qildi.
OʻzA