Endi Ilhomjan Nematov Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlaydi

TAYINLOV. Yangi vazir oʻrinbosariga Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalar yuklatildi.
Prezident qarori bilan Ilhomjan Nematov Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
I. Nematovga koʻp tomonlama va xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlik, Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlash, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, shartnoma-huquq departamenti, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalari yuklatildi.
Eslatib oʻtamiz, I.Nematov bunga qadar Tashqi ishlar vazirligining Maxsus topshiriqlar boʻyicha elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

 

OʻzA