Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi mintaqalararo hamkorliklikning birinchi forumiga“Kainar-AKB” kompaniyasining marketologi Sabira Isayeva oʻz fikrini bildirdi.
– Biz oʻz mahsulotlarimizni dunyoning koʻplab davlatlariga, jumladan, Germaniya, Polsha, Portugaliya, Ukraina, Pokiston, Afgʻoniston va Oʻzbekistonga ham eksport qilmoqdamiz. Oʻtgan oʻn oy davomida 80 ming 728 ming dona akumlyatorni Oʻzbekistonga eksport qildik. Kompaniyamizda turli xil sigʻimdagi akumlyator mahsulotlari ishlab chiqariladi. Bizbu forum sabab, Oʻzbekistonda kompaniyamizga qarashli zavodlarni qurish imkoniyatini qoʻlga kiritishga yaqin turibmiz. Bunday hamkorlikdan ikkala tomon birdek manfaatdor, albatta. Agar akumlyator zavodini bunyod etish loyihasi tasdiqlansa, mingga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Bu hol iqtisodiyotmizga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun bir ishni boshlashda oʻzaro doʻstlik aloqalarining mavjudligi beqiyos ahamiyat kasb etadi. Chimkentda oʻtayotgan mazkur forumda ishtirokchilar oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va kengaytirish yuzasidan suhbatlashmoqda. Oʻzbekistonning avtosanoat vakillari bilan hamkorlik boʻyicha fikr almashdik. Biznes ishlari oson kechmaydi. Biroq bu kabi forumlar yillar davomida hamkorlikka gʻov solayotgan jiddiy muammolarga qisqa fursatda yechim berishi bilan ahamiyatlidir. Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi I mintaqalararo hamkorligining forumi davomli boʻlish tarafdorimiz.