Termiz davlat universiteti oʻqituvchisi Xitoyda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi

Termiz davlat Universitetining Iqtisodiyot kafedrasi oʻqituvchisi Shavkat Atamurodovning Xitoyning Xunan universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) unvoniga ega boʻldi. 
photo5431594425286502962.jpg
Olimning “Eksport tarkibi va uning iqtisodiy oʻsishga taʼsiri” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida mamlakatning eksport salohiyatini baholash koʻrsatkichlaridan biri boʻlgan eksport tarkibi, uning iqtisodiy xavf-xatarlarni bartaraf etishdagi oʻrni va iqtisodiy oʻsishga taʼsiri MDH davlatlari misolida qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, kelajakda eksport tarkibini diversifikatsiya qilish takliflar berilgan. Xunan universiteti Ilmiy kengash aʼzolari mazkur doktorlik ishi oʻzining ayni dolzarbligi bilan ahamiyatli ekanligini eʼtirof etganlar hamda uning hayotga tadbiq etilishi eksport sohasida katta samaradorlikka erishish imkonini berishini tasdiqlaganlar.
Termiz davlat universiteti xorijning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan professor-oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchi va talabalar almashinuvi borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Shavkat Atamurodovning Xunan universitetidagi yutuqlari ham aynan muvaffaqiyatli hamkorliklarning samarasidir.

 

OʻzA