Milliy matbuot markazida byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi faoliyatiga bagʻishlangan matbuot anjumani davom etmoqda.
Mehnat migrantlari uchun pensiya tartibi qanday, degan savolga Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori Yorqin Tursunov shunday javob berdi:
“1 avgustdan boshlab xorijga ishlash uchun ketgan mehnat migrantlari 4,5 minimal ish haqi miqdorida mehnat badali toʻlashsa, 1 yillik mehnat stajiga ega boʻladi. Afsuski, hali migrantlar bunga eʼtibor qaratmayapti, biz ular bilan ham tushuntirish ishlarini olib borishimiz kerak”.
Saytimizni kuzatishni davom eting, press-konferensiya tafsilotlari onlayn yoritiladi!
OʻzA