Joriy yilning 11-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5552-son Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida aniqlangan koʻchmas mulk obyektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda – 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narxda sotilishi belgilandi.

Shuningdek, boshqa koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha – qayta baholanmasdan, ularni oʻtkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga oʻtkaziladi va savdoga chiqariladi.

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tugʻildi.

Unga koʻra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment tartibi belgilandi.

Eksperiment tartibi bilan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.

“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 3031 ta boʻsh yer uchastkalari, 731 mlrd. 231 mln. soʻm investitsiya kiritish, 10650 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 8 mlrd. 645 mln.600 ming soʻm miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION“ elektron onlayn-auksion savdolarida 1197 ta boʻsh yer uchastkalari 359 mlrd. 870 mln. soʻm investitsiya kiritish, 5192 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 11 mlrd. 202 mln. 700 ming soʻmga sotildi.

Hozirda “E-IJRO AUKSION“ elektron onlayn-auksion savdolarida 1834 ta boʻsh yer uchastkalari 6 mlrd. 549 mln.100 ming soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.

Jumladan:

Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 taboʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 172 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 313 mln. soʻmlik;

– Samarqand viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 225 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 950 mln. soʻmlik;

– Fargʻona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 41 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 397 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 13 mlrd. 115 mln. soʻmlik;

– Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 10 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 70 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 175 mln. soʻmlik;

– Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 25 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 286 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 16 mlrd. 180 mln. soʻmlik;

– Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 13 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 101 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 120 mln. soʻmlik;

– Buxoro viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 15 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 63 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 2 mlrd. 200 mln. soʻmlik;

– Andijon viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 23 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 206 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 6 mlrd.281mln. 596 ming soʻmlik;

– Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 15 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 154 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 850 mln. soʻmlik;

– Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 25 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 331 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 13 mlrd. 150 mln. soʻmlik;

– Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 150 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 640 mln. soʻmlik;

– Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 5 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 39 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 2 mlrd. 560 mln. soʻmlik;

– Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 330 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 24 mlrd. 580 mln. soʻmlik mol-mulklar investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga qoʻyilgan

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION“ elektron onlayn-auksion savdolarida 70 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 746 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 24 mlrd. 90 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan9 mlrd. 875 mln. 70 soʻm miqdorga sotildi.

Tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.

 
AUKSIONDAGI ISHTIROKINGIZ YURT RAVNAQIHAMDA BIZNЕSINGIZ TARAQQIYOTIGA ULKAN HISSA QOʻSHADI

“E-IJRO AUKSION”YAESMga savdoga qoʻyilgan 1 soʻmlik binolar

ROʻYXATI
 
1.jpg
BAHOLANGAN NARX
1SOʻM
LOT №
0023076
YER MAYDONI (GA)
0.11
YARATILAYOTGAN ISH JOYI (KAMIDA)
20 ta
KIRITILAYOTGAN INVЕSTITSIYALAR MIQDORI
100 000 000UZS
MANZIL
Andijon viloyati, Izboskan tumani,Navjur MFY, Mustaqqillik koʻchasi.
2.jpg
BAHOLANGAN NARX
1SOʻM
LOT №
0023220
YER MAYDONI (GA)
2.317
YARATILAYOTGAN ISH JOYI (KAMIDA)
70ta
KIRITILAYOTGAN INVЕSTITSIYALAR MIQDORI
700 000 000UZS
MANZIL
Andijon viloyati, Qoʻrgʻontepa tumani, Qorasuv shaxar, A.Temur koʻchasi.
3.jpg
BAHOLANGAN NARX
1SOʻM
LOT №
0023079
YER MAYDONI (GA)
0,01116
YARATILAYOTGAN ISH JOYI (KAMIDA)
5 ta
KIRITILAYOTGAN INVЕSTITSIYALAR MIQDORI
100 000 000UZS
MANZIL
Buxoro viloyati, Vobkent tuman, Pushmon MFY, Xayrabod aholi punkti.
 
5.jpg
BAHOLANGAN NARX
1SOʻM
LOT №
0023080
YER MAYDONI (GA)
0.26
YARATILAYOTGAN ISH JOYI (KAMIDA)
5 ta
KIRITILAYOTGAN INVЕSTITSIYALAR MIQDORI
100 000 000UZS
MANZIL
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amurdaryo tumani, “Qilichboy” OFY.