Jamiyatda oʻzbek ayollarining roli qanday?

Poytaxtimizdagi “International HotelTashkent” mehmonxonasida “Mamlakatning demokratik yangilanishi hamda modernizatsiyasida ayollarning roli: Oʻzbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya davom etmoqda.
photo5409037574875490749.jpg
Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida oʻttizga yaqin davlatdan xalqaro ayollar institutlari vakillari ishtirokida “Mamlakatning demokratik yangilanishi hamda modernizatsiyasida ayollarning roli: Oʻzbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazilmoqda.
photo5409037574875490751.jpg
Anjuman ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva soʻzga chiqib, davlatimiz tomonidan xotin-qizlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, ularni har jihatdan qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani hamda ushbu tadbirning tashkil etilishi anʼanaga aylanib, kelgusida ayollarning davlat boshqaruvidagi faol ishtirokini taʼminlashda muhim loyihalarni mujassam etgan xalqaro maydonga aylanishini taʼkidladi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda xotin-qizlar baxtu iqbolini, saodatli yashashini taʼminlash masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga keng yoʻl ochib beryapti.
Bu kabi boshlangan ezgu ishlarga javoban Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi yurtimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashda nafaqat ichki imkoniyatlardan foydalanish, balki xalqaro miqyosda aloqalarin mustahkamlash choralarini koʻrmoqda. Qoʻmitaning Rossiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozogʻiston, Xitoy, Germaniya kabi davlatlar bilan ayollar masalasiga oid yoʻnalishlarda oʻrnatilgan oʻzaro xalqaro hamkorliklari bunga yaqqol misoldir.
Saytimizni kuzatishda davom eting, tadbir tavsilotlari keng yoritiladi!

 

Nasiba Ziyodullayeva, Farhod Abdurasulov (surat), OʻzA