Toshkentda Oʻzbekiston-Yaponiya tibbiy informatsion markazi ochiladi. Loyihaning qiymati 100 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.
Ushbu markaz qurilishi uchun shahar maʼmuriyati va Yaponiya OMЕTA (Overseas Medical Equipment Technical Assistants) tashkiloti vakillari Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi bayonotni muhokama qilishgan. Kelajakda ishchi guruhlar tashkil qilish rejalashtirilgan.
OMЕTA uyushmasi 138 ta kompaniyani oʻz ichiga oladi, ushbu kompaniyalarning 128 tasi tibbiy asbob-uskuna ishlab chiqaradi. Tashkilot turli davlatlarning tibbiy muassasalari rivojlanishini qoʻllab-quvvatlaydi.
OʻzA