Savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narxda sotilmoqda.
Joriy yilning 11-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida aniqlangan koʻchmas mulk obyektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda – 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narxda sotilishi belgilandi.
Shuningdek, boshqa koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha – qayta baholanmasdan, ularni oʻtkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga oʻtkaziladi va savdoga chiqariladi.
Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tugʻildi.
Unga koʻra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment tartibi belgilandi.
Eksperiment tartibi bilan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy ajburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.
“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 2964 ta boʻsh yer uchastkalari, 721 mlrd. 933 mln.105 ming soʻm investitsiya kiritish, 10466 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 8 mlrd. 522 mln.600 ming soʻm miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.
Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 986 ta boʻsh yer uchastkalari 300 mlrd. 749 mln. soʻm investitsiya kiritish, 4469 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 10 mlrd. 129 mln 900 ming soʻmga sotildi.
Hozirda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1978 ta boʻsh yer uchastkalari 6 mlrd. 847 mln.700 ming soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.
Misol uchun :
Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 taboʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 172 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 13 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Samarqand viloyatining Davlat raqobatboshqarmasi tomonidan 20 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 225 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 150 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Fargʻona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 53 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 281 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 25 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 10 taboʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 70 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 175 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 27 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 301 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 12 mlrd. 280 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 12 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 100 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 370mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Buxoro viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 13 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 53 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 1 mlrd. 50mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Andijon viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 3 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 19 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 508mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 12 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 123 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda3 mlrd.250 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi maʼlum boʻldi;
Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 285 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 50 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi maʼlum boʻldi;
Sirdaryo viloyatining Davlat raqobatboshqarmasi tomonidan 8 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 48 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 3 mlrd. 70 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat raqobatboshqarmasi tomonidan 4 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 34 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 2 mlrd. 460 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan.
Tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.
AUKSIONDAGI ISHTIROKINGIZ YURT RAVNAQIHAMDA BIZNЕSINGIZ TARAQQIYOTIGA ULKAN HISSA QOʻSHADI
“E-IJRO AUKSION”YAESMga savdoga qoʻyilgan 1 soʻmlik binolar
ROʻYXATI
OʻzA