Mazkur mavzuda Nukus shahridagi 18-umumtaʼlim maktabida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashi tomonidan oʻquv seminari tashkil etildi. Unda maktab sardorlar kengashi aʼzolari ishtirok etdi.
Oʻquv seminarida malakali mutaxassislar tomonidan sardorlarda oʻziga ishonchni oshirish, jamoa bilan ishlash, yoshlarga tashkilot faoliyati va uning vazifalarini yetkazishning samarali usullari borasida mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Mazkur maktbada 1 ming 778 oʻquvchi zamonaviy sharotilarda taʼlim-tarbiya olmoqda. Ularning 440 nafari Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkiloti, 1 ming 338 nafari “Kamalak” bolalar tashkiloti aʼzosidir. “Yosh hunarmandlar”, “Yosh kitobxonlar”, “Oʻquvchi yoshlar teatri”, “Yosh qalamkashlar” toʻgaraklari, “Barkamol qizlar”, “Zakovat” va “Munozara” intellektual klublari faoliyat yuritmoqda.
Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA