Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 27-28 sentyabr kunlari ushbu mamlakatda boʻldi.
Shavkat Mirziyoyev 28 sentyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari Tojikistonga tashrifini yakunlab, mamlakatimizga qaytib keldi.

 

OʻzA