“Ayrim vazirlar va hokimlar ham gazeta oʻqimay qoʻydi”
Bugun, “Oʻzbekiston 24” radiokanalining “Postskriptum” loyihasida “Gazetalar bugungi kunda yashab qoladimi?, Matbuotning taqdiri nima boʻladi?” kabi mavzular koʻtarildi. 

Unda “XXI asr” gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalil va “Ishonch” gazetasi bosh muharriri Xusan Ermatov qatnashdi. Respublikamizning yetakchi gazetalari bosh muharrirlari jonli efirda matbuotdagi dolzarb muammolarni tilga oldi.
7106dab1-6ec9-4c89-9db9-c1be541c4bc5.jpg463bf2e8-2d4c-41ac-a3ff-a4e6509b407f.jpgUlarning aytishicha, bugungi kunda Vazirliklarning matbuot kotiblari yetakchi nashrlarni kuzatib bormaydi. Hatto, ayrim Vazirlar va tuman, shahar hokimlari ham gazeta oʻqimay qoʻygan. “Ular orasida gazetalarni yopish kerak, ular bizga kerak emas, deganlari ham bor”, deydi kuyinib Norqobil Jalil.
Telekanallarda ham avvalgidek gazetada koʻtarib chiqarilayotgan dolzarb mavzular sharhi kuzatilmayapti. Gazetalarda eʼlon qilingan ogʻriqli mavzular yuzasidan “aks-sado”, oʻquvchilar munosabati koʻrinmaydi. Bunga gazetani oʻquvchiga, obunachiga yetkazib bera olmayotgan oʻrtadagi vositachilar “Oʻzbekiston pochtasi” AJ va “Matbuot tarqatuvchi”larning ham bir hissa aybi bor, deydi efirga chiqqan gazetalar bosh muharrirlari. Eshittirish davomida gazetalarda kuzatilayotgan kamchiliklarni ham tilga olib oʻtdi.

 

OʻzA