Jahongir Artikxoʻjayev “Holley Group” kompaniyasi vakillarini qabul qildi

Bugun Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Artikxoʻjayev “Holley Group” kompaniyasi rahbari Chen Veydun boshchiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda Bektemir tumanida zamonaviy texnopark bunyod etish loyihasi muhokama etildi. Loyiha 200 million dollarlik toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiya kiritish hisobiga amalga oshirilib, texnopark hududida tekstil, farmatsevtika, mikroelektronika mahsulotlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Shuningdek, texnopark 10 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratishni ham koʻzda tutadi.

Holley Tashkent 150 gektar maydonni oʻz ichiga olib, yillik ishlab chiqarish mahsuloti eksporti qariyb 2 milliard dollar boʻlishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, Holley group kompaniyasi 1970 yilda Xanchjou (Xitoy) shahrida tashkil etilgan. Bugungi kunda kompaniyaning Shimoliy Amerika, Janubi-sharqiy Osiyo, Yevropa va Afrika mintaqalarida filiallari mavjud.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati