“Jamiyatda millatlararo bagʻrikenglik, tinchlik, oʻzaro mehr-oqibat va doʻstlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni ragʻbatlantirish” mavzuida davlat grantlari ajratish uchun tanlov

EʼLON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirishni nazarda tutgan loyihalari qabul qilinadi:

1. Oʻzbekiston xalqlarining nomoddiy madaniy merosini (xalq badiiy hunarmandligi va amaliy sanʼati, folklor yodgorliklari, milliy bayramlar, festivallar, milliy taomlar va boshqalar) xorijiy auditoriya oʻrtasida ommalashtirish.

2. Jamiyatda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ahamiyati va nufuzini oshirish.

3. YUNЕSKOning umumjahon madaniy merosi obyektlariga kiritilgan, mamlakatning meʼmorchilik va tarixiy yodgorliklari, milliy madaniyat, sanʼat va adabiyotning yorqin timsoli boʻlgan namunalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni chet tilidagi maxsus manbalar orqali internet tarmogʻida targʻib qilish.

4. Oʻzbekiston xalqlarining tarixi va madaniyatini ommalashtirish, uning tarixiy-madaniy merosiga, takrorlanmas goʻzalligi va xilma-xilligini targʻib etishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

5. Oʻzbekistonda yashab kelayotgan turli millat va elatlarning azaliy milliy anʼanalari, urf-odatlari, udumlarini saqlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish.

6. Internet tarmogʻida milliy anʼanalar, urf-odatlar va udumlarni asrashga bagʻishlangan oʻzbek, rus va ingliz tilidagi maxsus manbalarni yaratish.

7. Millatlararo doʻstlik va hamjihatlik, birdamlikni yanada mustahkamlash, konfessiyalararo totuvlikni taʼminlashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini oshirishga koʻmaklashish.

8. Madaniy merosni saqlash, aholi oʻrtasida madaniy merosga boʻlgan munosabatni yanada yuksaltirish, ularni kelajak avlodga bekamu koʻst yetkazish va madaniy merosga boʻlgan munosabatni shakllantirish borasida targʻibot ishlarini olib borish.

9. Turli millat va elat vakillari oʻrtasidagi totuvlikni taʼminlash tajribasini ommalashtirish, targʻib qilishga bagʻishlangan kitoblar, toʻplamlar, telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar tayyorlash.

10. Yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari oʻrtasida “Men nechun sevaman, Oʻzbekistonni!” shiori ostida tanlovlar tashkil etish.

11. Milliy madaniy markazlar tomonidan mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi turli xildagi toʻplamlar, ijodiy ishlarni chop etish va xalq ommasiga yetkazishda har tomonlama koʻmaklashish.

12. Turli millat va elat vakillarining oʻziga xos milliy anʼanalari, urf-odatlari va marosimlarini saqlash boʻyicha mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida xalqaro jamoatchilikni xabardor qilish.

13. Tarixiy yodgorliklar haqida keng targʻibot ishlarini amalga oshirish, madaniy meroslarni asrash boʻyicha davlat organlari bilan NNTlar oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini kuchaytirish.

Davlat granti tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.

2. www.fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.

3. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Ustav (Nizom) hamda guvohnomaning muhr bilan tasdiqlangan nusxasi.

4. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.

5. Manfaatdor davlat va yirik jamoat tashkilotlari bilan tuzilgan ijtimoiy sheriklik qoʻshma rejalari ilova qilinishi mumkin.

Bitta loyiha uchun davlat granti miqdori – 30 million soʻm.

Hujjatlar 2018 yil 17 sentyabrdan 22 oktyabrgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondi” nomiga:

100163, Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 43-uy manziliga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 formatda) yuborilishi shart.

Hujjatlar namunalari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Maʼlumot uchun telefonlar: (0371) 239-26-76, 239-26-86.