Millatlar Ligasi: Ispaniya 6:0 Xorvatiya

Millatlar Ligasi 2-turining navbatdagi oʻyinlari oʻtkazildi. “A” guruhidan oʻrin olgan Luis Enrike qoʻl ostidagi Ispaniya termasi ikkinchi oʻyinda ham gʻalaba qozondi.
Buqalar yurti vakillarining bu galgi raqibi Rossiyada oʻtkazilgan jahon chempionati finalchisi Xorvatiya termasi boʻldi va oʻz maydonida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Xorvatiyani yirik hisobda magʻlub etdi – 6:0.
25e4eb.jpeg
thumb.jpg
Saul, Asensio, Rodrigo, Ramos hamda Isko 1tadan gol urgan boʻlsa, yana bir golni Xorvatiya posboni Kalinich oʻz darvozasiga kiritib qoʻydi.
Ispaniya – Xorvatiya 6:0
Gollar: 1:0 – 24 Saul, 2:0 – 33 Asensio, 3:0 – 35, avtogol Kalinich, 4:0 – 49 Rodrigo, 5:0 – 57 Ramos, 6:0 – 70 Isko.
Ispaniya – De Xea, Nacho, Gayya, Karvaxal (Aspilikueta, 75), Ramos, Sebalos, Buskets (Rodri Ernandes, 59), Asensio, Saul (Alkantara, 65), Isko, Rodrigo.
Xorvatiya – Kalinich, Mitrovich, Pivarich, Vrsalko (Rog, 20), Vida, Rakitich, Brozovich (Pyatsa, 62), Modrich, Kovachich, Perishich, Santini (Livaya, 71).
Ogohlantirishlar: Santini (12), Brozovich (39).
Elche shahridagi “Manuel Martines Valero” oʻyingohidagi uchrashuvda Ivan Rakitich terma jamoa libosida 100 bor maydonga tushdi.

 

O’zA