Minskda xalqaro media-forum boshlandi

Bugun Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida “Kelajak uchun hamkorlik: media makonda raqamli kun tartibi” mavzusidaXIII xalqaro media-forumoʻz ishini boshladi.
belta.byning xabar berishicha,14-sentyabrga qadar davom etadigan xalqaro tadbirda dunyoning 30 davlatidan 300 ga yaqin vakil ishtirok etishi kutilmoqda.
Qayd etilganidek, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi makonini raqamlashtirish, Belarus Respublikasida raqamli iqtisodiyot va axboriy jamiyatni shakllantirish, zamonaviy axborot vositalari faoliyatida sifat oʻzgarishlariga erishish kabi vazifalar doirasida tashkil etilgan XIII xalqaro media-forumning asosiy tadbirlari yalpi yigʻilishlar, mavzuli muhokamalar, yetakchi xorijiy va mahalliy jurnalistlarning mahorat darslaridan iborat boʻladi.
Maʼlumot oʻrnida, 2006-yildan buyon anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan Belarus xalqaro media-forumi MDHva jahonekspertlarining sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish maydoniga aylangan.

 

Malohat Husanova, OʻzA