AQSHga 20 yil ichidagi eng kuchli toʻfon yaqinlashmoqda

AQSHning dovullarni kuzatish Milliy markazi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatga yaqinlashayotgan “Florens” dovuli soʻnggi 20 yil ichidagi eng kuchlisi boʻlishi mumkin. 
Dovul kuchiga besh balli oʻlchov boʻyicha 4-daraja berilgan. Uning tezligi soatiga 225 kilometrga chiqishi mumkin.
“Anadoʻli” agentligining yozishicha, yaqinlashayotgan dovul sabab AQSHning sohilboʻyi hududlari aholisi evakuatsiya qilinadi.

 

Malohat Husanova, OʻzA