O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14 dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning teziligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12, ayrim joylarda 15 darajagacha iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechga tomon faqat Toshkent va Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12, ba’zi joylarda 15 darajagacha iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 9-14, ayrim joylarda 17 darajagacha iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 9-14, ba’zi joylarda 17 darajagacha iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
Joriy yilning 15-17 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
15 dekabrdan 16 dekabrga o‘tar kechasi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kuzatiladi. Shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha, ayrim joylarda sekundiga 20-25 metrgacha kuchayishi mumkin.
15 dekabrdan havo harorati pasayib, 16-17 dekabr kunlari kechalari 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.
O‘zA