Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Dala chetidan samarali foydalanayotgan tadbirkorlar ham ko‘payib borayotgani ta’kidlandi.

Masalan, Asakadagi fermer xo‘jaligi dala chetidagi 3 gektarda 10 ming dona tut, terak va tok ekib, besh yildan keyin 700 million so‘m daromad ko‘rgan. “Samarqand qulupnay” korxonasi Qo‘shrabot, Jomboy, Bulung‘urdagi 6,5 ming aholiga 3 million olcha ko‘chatini bepul tarqatib, dala chetida ektirishni yo‘lga qo‘ydi.

Yil yakunigacha dala chetlaridagi 650 ming, aholiga berilgan 364 ming gektarni eksportchi-tadbirkorlarga biriktirish topshirildi.

Endilikda tomorqa, ichki ko‘chalar, dala chetlari va kanal-kollektorlar atrofidagi yerlarda daromadli ekinlar ekish va ularni eksport qilishga O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mas’ul bo‘lishi belgilandi.

Viloyat hokimlaridan ham bu borada so‘rov qattiq bo‘lishi qayd etildi.

O‘zA