“Talabalik hayoti oltinga tengdir.” Tengdoshlari bilan birgalikda muammolarni hal qilib, ilm olish uchun teng harakat qilishadi. Har bir talaba izlanuvchan va har xil hunarga ega, ushbu maqola qahramonimiz Qoraqalpoq Davlat Universiteti jurnalistika fakulteti talabasi Mushtariy Quramboyevadir.
Mushtariy, 1-kurs хorazmlik talaba boʼlib, yoshligidan ijodga qiziqishi kuchli boʼlganligi sababli chiroyli qoʼl ishlari yasab oʼrgangan.
Ijodkor aytishicha: “2020 yilga kelib oʻz qiziqishlarimni hurmat qilgan holda dekarativ gullar yasashga kirishdim va toʻgʻri yoʻnalishni tanladim deb oʻzimga astoydil ishonib oʻz ustimda ishlashni oʻzimdan talab qila boshladim. Shu hunarim orqali koʻplab koʻrgazmalar namoyish etdim. Bu kasb menga maʼnaviy jihatdan ham moliyaviy jihatdan katta yordam beradi. Kollej paytlari darsdan tashqari oʻz vaqtimni samarali tashkil etish maqsadida buyurtma asosida gullar va taqinchoqlar ishlashni boshlab oʻzimga yaxwigina daromad manbai yaratdim. 8 mart bayram kunlari 1 hafta mobaynida 1 milliongacha foyda koʻrdim desam mubolagʻa boʻlmaydi. Oʻzimni hozirgi kunda bemalol moliyaviy erkin deb ayta olaman.”
Ijodkor qizimiz, ustasiga farqi yoʼq deganlaridek, oʼqish joyida 6-sonli talabalar turar joyida yashab, u yerda ham faoliyatini yoʼlga qoʼygan. Koʼplab ushbu kasbga qiziquvchi qizlarni toʼplab, oʼz hunarini oʼrgata boshladi va turli seminar va toʼgaraklar tashkillashtirdi.
Eng quvonarlisi, qisqa vaqt ichida 7 ta qizga oʼz kasbinining sir asrorini oʼrgatib kelmoqda va ular ham oʼzlari mustaqil ravishda biznesini yoʼlgan qoʼyishgan. Buyurtma asosida gullar yashashga kirishganlar.
Mushtariyga bu hunari orqali qanday manfaatga egasiz deb savol bilan murojaat qildim va u “Oʻzim talaba boʻlishimga qaramasdan hozirda oyiga kamida 600, 700 ming soʻmgacha daromad manbaini yaratdim. Bu orqali oila aʼzolarimga ham oz boʻlsada oʻz hissamni qoʻshyapman. Va meni hamisha qollab quvvatlab kelayotgan ota onamga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Kelajakdagi va shu yaqin atrofda ochilishi kutilayotgan dukon va oʻz oʻquv markazimni yoʻlga qoʻyish. Va men buni chin yurakdan Allohdan soʻradim va barcha maqsadlarimga erishish uchun tunu kun izlanishdaman” deya dadillik ila javob berdi.
Chindan ham har bir ota-ona farzandining oʼz yoʼlini ravon topib, oʼz nomiga ega boʼlishni xohlaydi. Oʼz harajatlarini oʼzi qoplasa, muammolarini mustaqil yecha olsa hammaning quvonchi aslida.
Suxbatimizni yakunlash maqsadida, bugungi kunda oʼz tengdoshlaringizga qanday maslahatlar bera olasiz degan savolimga quyidagicha yondashib: “Tengdoshlarimga maslahatim oʻz vaqtini foydali ishlarga sarflab oʻz karyerasini qurish uchun hozirdan shu daqiqadan boshlab harakat qilsin.Zero vaqt eng qadrli narsa biz yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib faqat yaxshi kasb hunar egasi malakali kadrlar boʻlishimiz darkor.Hunarli kishi hech qachon xor boʻlmaydi hayotda hamisha oʻz oʻrinini topadi” – deya oʼz fikrini yakunladi.
Maftuna Yusupbaeva,
QMU, Teleradio jurnalistika yunalihsi 3-bosqich talabasi.
Qoraqalpogiston axborot agentligi.