17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti To‘rtko‘l fakulteti talabalari Samarqand viloyatiga qiziqarli va mazmunli sayohat uyushtirdilar.
Ushbu sayohat universitetning Kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilib, talabalar uchun unutilmas taassurotlar bag‘ishladi.
Sayohat davomida talabalar nafaqat Registon maydoniga tashrif buyurdilar, balki Bibixonim masjidi, Shohi Zinda majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi kabi boshqa mashhur tarixiy yodgorliklarni ham ko‘zdan kechirdilar.
Talabalar o‘zbek xalqining boy madaniy merosi va tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ular tarixiy obidalar tarixi bilan yaqindan tanishib, ularning buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho san’at va me’morchilik namunasi ekanligini angladilar.
Universitet kasaba uyushmasi tomonidan uyushtirilgan bunday tadbirlar yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishda muhim o‘rin tutadi hamda ularga betakror tariximizni yanada chuqurroq o‘rganish imkonini beradi.
Maftuna Yusupbaeva,
QMU, Teleradio jurnalistika yunalihsi 3-bosqich talabasi.
Qoraqalpogiston axborot agentligi.