Cherchesov Rossiya termasi bilan shartnomani uzaytirdi

Rossiya terma jamoasi bilan JCH – 2018 da samarali ishtirok etgan Stanislav Cherchesov shartnomasini 2020-yilgacha uzaytirdi.
Cherchesov terma jamoa bilan mundialda chorak finalgacha yetib borgan va xorvatlarga penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Yakunda Xorvatiya termasi finalgacha yetib borgan hamda Fransiyaga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalanishgan.
Shartnomada keltirilishicha, murabbiy Rossiya milliy termasini YEVRO – 2020ga olib chiqqan taqdirda muddat yana ikki yilga cho‘ziladi.
Cherchesov Rossiya futbol ittifoqiga bergan intervyusida shunday dedi: “Men terma jamoa bilan yangi shartnoma imzolaganimdan baxtiyorman. Yigitlar bilan tarixiy natijalarga erishishga ishonaman. Shuningdek, menga yuklatilgan mas’uliyatni hurmat qilgan holda sadoqat bilan ishlashda davom etaman.”

 

O’zA