Yevropa komissiyasi “Telegram” faoliyatini bevosita nazorat qilmaydi, chunki Yevropa Ittifoqida atigi 41 million foydalanuvchiga ega bu tarmoq “yirik onlayn platforma”lar toifasiga kirmaydi, dedi YeK vakili Tomas Regniyer Bryusselda uyushtirilgan brifingda.
Komissiya ushbu mas’uliyat a’zo davlatlar zimmasida, deb hisoblaydi. U raqamli xizmat to‘g‘risidagi qonun nuqtai nazaridan so‘z erkinligiga qilingan hujum haqidagi ayblovni rad etib, qonun “hech qanday holatda so‘z erkinligini buzmasligi, faqat onlayn platformadan noqonuniy kontent olib tashlanishi nazarda tutilishi”ni ta’kidladi.
Bir kun avval YeIda onlayn platformalar ustidan nazoratni kuchaytiruvchi Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqilishi tashabbusini ilgari surgan Yevrokomissiya “RIA Novosti”ga Durov Fransiya qonunchiligiga muvofiq hibsga olinganini bildirgan.