Shaxmatchilarimiz Shri-Lankadan 33 ta medal bilan qaytdi

Shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan yosh sportchilarimiz ona Vataniga yorug‘ yuz bilan qaytib keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Osiyo chempionlarini keng sport jamoatchiligi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, ota-onalar va sport muxlislari tantanali kutib oldi.

Osiyo chempionatida shaxmatning blis, rapid va standart yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilarimiz 16 ta oltin, 11 ta kumush va 6 ta bronza medallariga ega bo‘ldi. Bu ko‘rsatgich yosh shaxmatchilarimizni jamoa hisobida 1-o‘rinni egallashga imkon yaratdi.

Standart yo‘nalishi bo‘yicha muvaffaqiyat qozongan 7 nafar shaxmatchimiz 2019 yili Tunisda maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

13.jpg
17.jpg

 

Muhammad Amin (surat) O‘zA