Sayyohlik sohasidagi yangi yo‘nalish

Tahlilchilarining so‘zlariga qaraganda, global zamonda sayyohlik sohasida yangi yo‘nalish paydo bo‘ldi. U ham bo‘lsa, suv osti mehmonxonalaridir.
Suv ostida barpo etilgan bunday mehmonxonalar o‘zining shaffofligi bilan ajralib turadi va ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda. Bu kabi mehmonxonalar Dubay, Xitoy, Maldiv kabi mamlakatlarda ko‘plab qurilayotgani aytiladi. Suv osti mehmonxonalari okeanariumlardan tubdan farq qiladi. Endilikda odamlar okeanlar hayotini suv ostida turib his qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Suv ostida mehmonxonalar qurish g‘oyasi ilk bor okeanolog olim Jak Iv Kustodan chiqqan edi.
674775.kihavah-island-hotel-anantara-kihavah-villas.underwater-restaurant.01.jpg
Ma’lumki u o‘tgan asrda okeanlar hayotini o‘rganish maqsadida suv ostiga o‘nlab ilmiy-tadqiqot stansiyalarini qurgan edi. Muxbirlarning so‘zlariga qaraganda, suv osti mehmonxonalarini quyosh hamisha porlab turuvchi ekvatorial va tropik mintaqalarda barpo etish maqsadga muvofiqdir. Bu yerlarda dam olish ekzotik hayotni sevuvchilar uchun juda ham maroqli bo‘lishiga aslo shubha yo‘q.
104826555-makeit_11062017_underwaterhotel_FirstClass_mezz.1910x1000.jpg
Maldiv — Hind okeanida joylashgan arxipelag davlatdir. Bu yerda muntazam okean shamollari esib turadi. Sayyohlar devorlari shaffof oynalardan barpo etilgan bir qavatli binolarda istiqomat qiladilar. Mamlakat poytaxti Maledan yuz kilometr janubda Rangali oroli bo‘lib, u yerda suv osti “Conrad Maldives Rangali Island Hotel” bunyod etilgan. Bu mehmonxona shartli ravishda suv ostida ekani aytiladi. Mehmonxonaga tegishli “Ithaa” (“Marjon”), yoki “Ithaa Undersea restaurant” restorani suv ostida bo‘lgani uchun ham shu nomga sazovor bo‘lgan.
03-underwater-bath-940x567.jpg
Maydoni 45 kvadrat metrni tashkil qiluvchi bu restoranda xo‘randalar okeanning tabiiy hayotini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkoniyatiga ega. To‘g‘ri, restoranda atigi 6-7 ta stol bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 14 kishiga xizmat ko‘rsatishi mumkin, xolos. Sayyohlar bu orolga gidrosamolyot yoki tezyurar kemalarda yetkazib qo‘yiladi.
http_%2F%2Fcdn.cnn.com%2Fcnnnext%2Fdam%2Fassets%2F130604164250-underwater-hotel-dubai-beach.jpg
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri Fors ko‘rfazida joylashgan bo‘lib, bu yerda mehmonxonalar sanoati rivojlanib bormoqda. Dubayda loyiha qiymati 550 million dollarga teng “Hydropolis Undersea Resort” suv osti mehmonxonasi bunyod etildi. Super zamonaviy mehmonxona deb aytilayotgan bu inshoot suv osti va quruqlik bilan qo‘shib hisoblaganda 260 gektar hududni egallaydi. Mehmonxonada 200 ta xona bor. Ko‘ngilochish markazi, barlar, restoranlar – bularning hammasi suv ostida joylashgan.
Malediven.jpg
Mutlaq zamonaviy infratuzilmalarga ega suv osti mehmonxonasi mehmonlarning vaqtlarini tejash maqsadida qurilgan. Bu yerda xavfsizlik uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Sayyohlar dam olish joyiga tezyurar poyezdda yer osti tonneli yoki vertolyotlarda yetkazib qo‘yiladi.
per-aquum-huvafen-fushi-maldives.jpg
Tropik iqlimga ega mamlakatlardan farqli o‘laroq Xitoyda suv osti mehmonxonalari dengizda emas, balki qit’ada — Shanxay shahri va Tayanmashan tog‘idan uncha uzoq bo‘lmagan yerda barpo etildi. Mehmonxonaning hududi 400 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Bu loyiha dunyoda yagona ekani aytiladi. Chunki mehmonxona tashlandiq tosh karerida va ko‘l yaqinida barpo etilgan.
10095986743_b745b5193d_o.jpg
400 ta xonadan iborat “Intercontinental Shimao Wonderland Shanghai” mehmonxonasi 19-qavatdan iborat. Mehmonxonaning suv osti qismida restoran va o‘ta shinam xonalar joylashgan. Mehmonxona dam olishning turli yo‘nalishlarini sevuvchilarga mo‘ljallangan. Bu yerda alpinizm havaskorlari ham o‘z vaqtlarini o‘tkazishlari mumkin. Tog‘ cho‘qqisini zabt etuvchilar bu yerda vaqtlarini chog‘ o‘tkazishlariga shubha yo‘q. Bu mehmonxonada bir kunda xizmat ko‘rsatuvchilar va mehmonlarning soni uch ming kishini tashkil qiladi.

 

Sharofiddin To‘laganov, O’zA