Italiyaning Busto-Arsitsio shahrida boks bo‘yicha “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi musobaqa davom etmoqda.
Musobaqaning 63,5 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasida Ruslan Abdullayev serbiyalik Aleksey Sendrikni, -92 kg vaznda Lazizbek Mullajonov gruziyalik Georgi Kushitashvilini mag‘lubiyatga uchratdi va Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun yana 4 nafar vakilimiz Olimpiada litsenziyasi uchun jang qiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA