Tailandda slalomda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida mamlakatimiz sportchilari 8 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Terma jamoamiz a’zolari tomonidan qo‘lga kiritilgan 3 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallari evaziga Tailand sport maydonida uch marta O‘zbekiston madhiyasi yangrab, 8 marta bayrog‘imiz ko‘tarildi.
Yakuniga yetgan qit’a chempionatida mahoratli sportchilarimizdan Doniyor Islomov, Abubakr Bukanov, Sherzod Qurbonaliyev, Alibek Temirgaliyev g‘alabaga munosib ulush qo‘shdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA