Italiyada “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarining boks bellashuvlari uchun yo‘llanma beruvchi I Jahon kvalifikatsion turnirining bugungi bahslarida 4 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.

Vazni -57 kg bo‘lgan hamyurtimiz Sitora Turdibekova Toshkent vaqti bilan soat 20:30 dan so‘ng finlyandiyalik Vilma Vitanenga qarshi ringga ko‘tarilsa, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev musobaqadagi ikkinchi jangida germaniyalik Magomed Elim Schachidov bilan bahs olib boradi.

Shuningdek, 92 kilogrammgacha bo‘lgan Lazizbek Mullajonov ham bugun o‘zining ilk jangini o‘tkazadi. Mahoratli bokschimizga ilk bosqichda litvalik Darius Voisnarovich qarshilik ko‘rasatadi va ushbu bahs soat 22:30 dan so‘ng boshlanadi. Vakillarimiz ishtirokidagi so‘nggi bahsni Ruslan Abdullayev yakunlab beradi. -63,5 kg vazn toifasida Ruslan Puerto-Riko terma jamoasi a’zosi Xose Adriyel Diaz Rodriges bilan raqobatlashadi.

Eslatib o‘tamiz, kechagi bahslarda Rayhona Qodirova kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, Aziza Zokirova birinchi jangida zafar quchdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA