Xabaringiz bor, Osiyo chempionlar ligasi 2023-2024 yilgi mavsumda O‘zbekistonning “Paxtakor”, “Nasaf”, “Navbahor” va “OKMK” jamoalari qatnashdi.

Ushbu jamoalar musobaqaning turli bosqichlarida o‘z ishtirokini yakunladi. Aniqrog‘i, “Paxtakor” va “OKMK” klublari guruh bosqichida, “Nasaf” hamda “Navbahor” esa 1/8 finalda ligani tark etdi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, ushbu jamoalar turli miqdordagi pul ishlab oldi. Jumladan, “Navbahor” klubi 600 ming AQSH dollari, “Nasaf” 520 ming AQSH dollari, “Paxtakor” 290 ming AQSH dollari va “OKMK” 220 ming AQSH dollariga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, ushbu mukofot pullari klublarga qayd etgan natijalariga qarab belgilangan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA