Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining qo‘llab-quvvatlashi bilan “Xotin-qizlarning ipak liboslari: tarix va zamonaviylik” deb nomlangan Tailand liboslari ko‘rgazmasi ochildi.

O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, akademik T.Qoziyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi o‘rinbosari R.Saparbayev va boshqalar so‘zga chiqib, mazkur ko‘rgazmaning ahamiyatiga to‘xtaldi.

Ushbu “8 turdagi Tailand qirollik libosi” kelib chiqishi tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Qirol hamrohligida Qirolicha Amerika va Yevropaning 15 ta davlatiga tashrif buyuradi. 1960 yilda Qirolicha Qirollik kundalik hayotida an’anaviy Tailand liboslari G‘arb madaniy ta’siriga singib ketganini va deyarli butunlay G‘arb libosiga aylanganini payqadi.

Bundan tashqari, Qirolicha oliylari butun dunyoda mashhur bo‘lgan ba’zi mamlakatlarning liboslari, masalan, hind sarisi yoki yapon kimonosi kabi milliy liboslar yo‘qligini tushundi. Shu sababli, Qirolicha Oliy hazratlari uchun kostyum aniq naqshga ega bo‘lishi va eng muhimi, xalqaro hamjamiyatga Tailand o‘ziga xosligini ifodalashi kerak, degan fikrga ega va u bunda Tailand matolaridan foydalanadi. Tailand liboslarini nishonlash marosimidagi aksessuarlar  keyinchalik “Tailand qirollik libosi” deb nomlangan qadimgi ayollar kiyimidan olingan. Qirol va Qirolicha Yevropaga hamda Amerikaga rasmiy tashriflaridan so‘ng milliy o‘ziga xoslikni ifodalovchi Tailand kiyim uslubini ishlab chiqishga qaror qildi. Qirolicha tomonidan qirollik oilasiga amaldagi, moslashuvchan va zamonaviy hayotga mos keladigan Tailand ayollar kiyimlarini o‘rganish va tadqiq etish vazifasi topshirildi. Natijada Tailand qirollik liboslari yaratildi.

Tashrif buyuruvchilar milliy liboslar orqali Tailand milliy madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tadbir doirasida yoshlar ijrosidagi milliy kuy-qo‘shiqlar  namoyish etilib, tasviriy san’at bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.

Ko‘rgazma 6 martgacha davom etadi.

 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat),

O‘zA muxbirlari