Qozog‘iston fond birjasi (KASE) delegatsiyasi 28-29 may kunlari Toshkentda moliya-bank muassasalari vakillari bilan uchrashdi.
“Toshkent” respublika fond birjasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish, tizimdagi yangiliklar, fond bozorining kelgusi istiqbollari haqida fikr almashildi. O‘zbekiston va Qozog‘istonning investitsiya borasidagi imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. O‘zaro hamkorlik doirasida memorandum imzolandi.
KASE delegatsiyasi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida ham bo‘lib, hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib bordi.
Tomonlar moliya-bank sohasidagi bu kabi uchrashuvlar iqtisodiy rivojlanishda yaxshi samara berishiga ishonch bildirdi.