Sobiq AQSH prezident Donald Trampning fikricha, Qo‘shma Shtatlar yolg‘iz o‘zi Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni davom ettira olmaydi.
Iyul oyida Tramp agar kelgusi saylovda g‘alaba qozonsa, Yevropadan AQSHning Ukraina uchun sarflagan xarajatlarini qoplab berishni talab qilishini ma’lum qilgandi. O‘shanda u Qo‘shma Shtatlar Kiyevga yordam sifatida taxminan 200 milliard dollar sarflaganini, Yevropa esa oz mablag‘ berganini ta’kidlagan.
“Bu adolatdan emas. Ular AQSHga tenglashishi kerak, agar tenglasha olmasa, AQSH yordam berishni davom ettira olmaydi”, – degan Tramp “Just The News” nashriga bergan intervyusida.