Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning fikricha, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi faqat iqtisodiy birlashma bo‘lib, uning siyosiy va geosiyosiy kun tartibi bo‘lmasligi kerak.
“YeOII – bu iqtisodiy birlashma, u siyosiy, ayniqsa geosiyosiy kun tartibiga ega bo‘lmasligi kerak. Yevrosiyo integratsiyasini siyosiylashtirishga urinishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymay, tuzilmani aynan shunday qabul qilishda davom etamiz va o‘zaro harakatlarimizni iqtisodiy hamkorlik doirasida rivojlantiramiz”, – dedi Pashinyan tuzilmaning Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan majlisida.
Uning ta’kidlashicha, YeOII va uning iqtisodiy tamoyillari siyosiy maqsadlarga to‘g‘rilanmasligi, savdo erkinligi va integratsiya jarayoni siyosiy maqsadlar bilan cheklab qo‘yilmasligi kerak.