Bugun Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionati yakkalik bahslari yakuniga yetadi.

Unda eng og‘ir vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkaziladi va ikki dzyudochimiz jahon chempionati medallari hamda «Parij-2024» Olimpiadasiga so‘nggi reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.

Jumladan, vazni +78 kg. bo‘lgan Rinata Ilmatova ilk bahsini Li Fonteynga (Fransiya) qarshi o‘tkazsa, +100 kilogramm toifasida Alisher Yusupov — Azamat Chotchayev (Bahrayn)/Yerassil Kajbayev (Qozog‘iston) bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jahon chempionatida hamyurtimiz Diyora Keldiyorova vazni 52 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar orasida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA