Buyuk maʼrifatparvar bobolarimiz aytganidek tarbiya avvalo oiladan boshlanadi. Har tomonlama yetuk barkamol va komil shaxsni tarbiyalashda oilaning õrni beqiyos.

Oʻzbekistonda oila masalasiga har tomonlama yahshi qaraladi, lekin shunga qaramasdan uning salbiy tomonlari ham yõq emas. Hozirgi kunda yoki deyarli 10 yillikdan beri Oʻzbekistonda ajrashishlar, erta turmush qurish, bolasini tepadan tashlab yuborgan ona, 15 yoshli ona kabi xunuk xabarlar eshitib kelmoqdamiz, bunga sabab nimada?!

Otgan yili Namanganda bir talaba õzini yoqib yuborgani xaqida xabar tarqatdi, sababi esa talaba sessiya imtihonlaridan õta olmagan va keyingi topshirishga qolgan va otasidan telefonda gap eshitgan, bunday xunuk xabar va yangiliklarni har kuni har qanday gazeta yoki saytlardan topish mumkin. Biz bõlgan yomon yoki tezkor xabarlarni ovoza qilishni yaxshi koʻramiz, lekin oldini olishni õylamaymiz.

Oʻzbekiston bõyicha kuniga nechta oila ajrashishi nomalum?! Bir tomondan jamiyatimizda yoshlarga qoʻshilib koʻpayib boruvchi mollarga qaralganday qaraladi, yetti yot megona ham qachon uylanib qachon turmush qurishingizga qiziqadi, bu esa baʼzi yoshlarda psixologik va ruhiy muammolarni keltirib chiqaradi, biz muammoni yechishdan oldin uni oldini olishni õylashimiz kerak, va yoshlarga oila mavzusini yahshiroq tushuntirishimiz õqitishimiz lozim.

Zebujahon KALILLAYEVA,

QDU, Jurnalistiika taʼlim yõnalishi 1 kurs talabasi.

Qaraqalpaqstan xabar agentligi