O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov SHHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan birgalikda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tomonidan qabul qilindi.

Vazir qardosh mamlakat yetakchisiga davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomini yetkazdi.

Uchrashuvda Qozog‘istonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi davrida Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Sammitni har tomonlama mazmunli  o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar tahlil qilindi. Jumladan, O‘zbekistonning turli darajadagi vakillari SHHT tuzilmalari yig‘ilishlari, anjuman, forum va boshqa tadbirlarida faol ishtirok etib kelayotgani ta’kidlandi.