Turkiyada chiqadigan “Hürriyet” gazetasi yozishicha, Eron Prezidenti va TIV rahbari o‘limiga sabab bo‘lgan hodisaning qorong‘i tomonlari ham mavjud va bu holatlarga oydinlik kiritilishi kerak.

Ibrohim Raisiy, Husayn Amir Abdullohiyon va boshqa rasmiy shaxslar bo‘lgan vertolyot 19 may kuni mamlakat shimoli-g‘arbidagi Verzegan tumanida halokatga uchradi. 20may kuni ertalab Eron vitse-prezidenti Muhsin Mansuriy Prezident va uning delegatsiyasi o‘limi haqidagi xabarni tasdiqladi. Raisiy ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyev bilan birga “Qiz qal’asi” gidro-elektr majmuasini ochish, Araks daryosi chegarasida joylashgan Xudaferin gidro-elektr majmuasini ishga tushirish marosimida ishtirok etgan. Delegatsiya Ozarbayjonga tashrifdan so‘ng vertolyotda Eronga qaytayotgan edi.

Gazetaning hukumat doirasiga yaqin sharhlovchisi Abdulqodir Selvi shunday yozgan:

– Prezident Raisiyning vafoti Isroilga kerakmi? Ha! Eronni bezovta qiladigan har qanday voqea Isroil uchun foydali. Bu voqea ortida Isroil turgan bo‘lishi mumkinmi? Balki.., lekin faqat Isroilni ayblash kerak emas, deb o‘ylayman. Vertolyot halokatida qorong‘i masalalar bor, aniqlik kiritish zarur. Nahotki, prezident uchadigan vertolyotda ELT moslamasi yo‘q?! Mamlakatda birgina shunday qurilma bo‘lsa, aynan davlat rahbari o‘tirgan uchoqqa o‘rnatilishi kerak emasmi?

Boshqa ikki vertolyot quyuq tuman hududiga yetgach, parvoz yo‘nalishini o‘zgartirgan.  Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Raisiy prezidentga mo‘ljallangan emas, balki Eron Qizil yarim oy jamiyatiga tegishli vertolyotda parvoz qilgani e’tiborga molik.

– Uchoq ELT bilan jihozlansa, halokat sodir bo‘lgan vaqtdan boshlab, 30 kun davomida signal keladi va tegishli manzilni topish ancha oson kechadi.

Вертолет с prezidentом Ирана потерпел крушение, все пассажиры погибли -  Газета.Ru

Qiziq, fojia joyini tezroq aniqlashni hech kim xohlamadimi? Qulagan vertolyot kabinasi yonib ketgani aniqlandi. Uchuvchi va ikki zobit tiriklay yongan. Ma’lum bo‘lishicha, Prezident bilan fyuzelyajning asosiy qismi ajratilgan, uchuvchi xonasida chiqqan yong‘in qotillik belgisi emasmikan?

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning o‘limi hokimiyat uchun ichki kurash bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin, deb yozdi seshanba kuni “Hürriyet” gazetasi. Nashr qayd etishicha, amaldagi oliy rahnamo Ali Humanaiy keksayib qolgani sababli, mamlakat diniy rahbariyatida hokimiyat uchun zimdan kurash ketyapti. – Raisiy diniy rahnamoni saylaydigan delegatsiyaning bir qismi edi va rahbar lavozimiga eng kuchli nomzod hisoblanardi, – yozadi nashr. – Oliy rahnamo atrofida to‘plangan guruh esa bu kursida Ali Humanaiyning o‘g‘li Mujtaba Humanaiyni ko‘rmoqchi. Vertolyot halokatida asosiy e’tibor Raisiyga qaratilgan. Binobarin, tashqi ishlar vaziri Husayn Abdullohiyon ham Eron rejimining muhim shaxsi sifatida prezidentlikka nomzodlardan biri edi. Agar unga ham suiqasd uyushtirilgan bo‘lsa, bu bir o‘q bilan ikki nishonni urish, demak!

Последняя из них – крушение вертолета prezidentа. Почему в Иране часто  происходят авиакатастрофы? (Al Jazeera, Катар) | 20.05.2024, ИноSМИ

Turkiyaning “Vatan” so‘l partiyasi rahbari Do‘g‘u Perinchek shunday deydi:

– Eron davlatining bayonotiga ishonaman, hodisa tasodif deyildi. Shu bilan birga, qotillik taxminidan ham ajablanmayman. Zero, Eron Islom Respublikasi Amerika imperializmi va Isroil sionizmiga qarshi kurashayotgan yetakchi davlat.

Eron Prezidenti ma’muriyati rahbari G‘ulom-Husayn Ismoiliy aytishicha, halokat payti ob-havo qulay bo‘lgan, qulagan vertolyot yo‘lovchilaridan biri bir necha soat tirik qolgan. Uning so‘zlarini IRNA axborot agentligi quyidagicha keltirgan:

– Ehtimol, dara tubini tuman qoplagandir, lekin bizning parvozimiz trayektoriyasi bo‘ylab tuman yo‘q edi.

Turkiya hukumati halokatga uchragan vertolyotni qidirish, insonlarni qutqarish uchun 32 alpinist, olti to‘p jihoz, tungi ko‘rish tizimiga ega vertolyot jo‘natgan.

Press TV: спасатели не нашли выживших после крушения вертолета prezidentа  Ирана | Дзен

Turk OAV turk droni qidiruvda ishtirok etganini keng yoritdi. Hatto, “Anadolu” davlat axborot agentligi jarayonini dron kameralari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda translyatsiya qilib bordi. Shundan so‘ng endi Turkiya – Eron munosabati yaxshilanadimi, degan savol bot-bot takrorlandi.

– Bu qiyin masala, – deydi turkiyalik ekspert Erenel. – Turkiya Eronga dron, vertolyot va alpinist jo‘natishini har qanday davlat qo‘shnisiga ko‘rsatadigan yordamidek qabul qilish lozim. Masalan, zilziladan keyin Anqara va Afina ham xuddi shunday harakatlarni amalga oshirgan.

Qolaversa, Eron ommaviy axborot vositalarida Turkiyaning yordami haqida hech qanday xabar berilmadi. Eron Qizil Yarim Oy jamiyati rahbari qidiruvni eronlik qutqaruvchilar olib borgani, qidiruv-qutqaruv amaliyotida xorijlik mutaxassislar ishtirok etmaganini ta’kidlagan.

Internet materiallari asosida S.Rahimov tayyorladi.

O‘zA